Matematika o‘qituvchilari uchun SAT Math kursi

SAT sertifikatini oling — oyligingiz 50% oshsin

ScholarMax matematika o‘qituvchilarini SAT imtihonining matematika bo‘limiga onlayn tayyorlaydi. Fanidan xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 50% ustama to‘lanadi.

2 400+ o‘quvchini SAT’ga tayyorlagan jamoa endi o‘qituvchilarni tayyorlaydi

ScholarMaxYuqori oylikka chipta
100%
150%
Hozirgi tarifUstama bilan
O‘qituvchi
Siz
Fan
Matematika
Imtihon
SAT Math
Natija
+50% ustama

SAT sertifikati sizga nima beradi

  • +50% oylik ustama
  • Xalqaro tan olingan sertifikat
  • Repetitorlikda yuqori narx
  • SAT bo‘yicha dars berish imkoni

Bu kurs sizga mosmi?

Kurs faqat SAT’ning matematika bo‘limiga qaratilgan — ya’ni aynan sizning faningizga.

  • Matematikadan dars berasiz

    Maktab, litsey yoki texnikumda ishlaysiz va oyligingizni rasmiy yo‘l bilan oshirmoqchisiz.

  • Ustama uchun sertifikat kerak

    SAT Math — matematika o‘qituvchisi uchun qulay yo‘l: imtihon ingliz tilida, lekin mavzulari siz har kuni o‘tadigan algebra va geometriya.

  • SAT’dan dars bermoqchisiz

    Imtihonni o‘zingiz topshirgach, o‘quvchilaringizni ham SAT’ga tayyorlay olasiz — bu qo‘shimcha daromad.

Sertifikatgacha yo‘l xaritasi

Har bir bosqichda nima qilishingiz va qaysi natijaga chiqishingiz oldindan aniq bo‘ladi.

  1. 1

    Jonli demo dars

    1 soatlik darsda darajangiz aniqlanadi va shaxsiy reja tuziladi.

  2. 2

    Ingliz tilidagi matematika

    Matematik atamalar va masala shartini ingliz tilida tez o‘qishni o‘rganasiz.

  3. 3

    SAT Math kursi

    Haftada 2 ta individual va 1 ta guruh darsi, 24/7 platforma va 6 ta mock imtihon.

  4. 4

    SAT imtihoni

    Mock imtihonlarda kerakli ballga chiqqach, haqiqiy SAT’ni topshirasiz.

  5. Sertifikat va +50%

    Sertifikatni ish joyingizga topshirasiz va oyligingizga ustama qo‘shiladi.

Kurs qanday o‘tadi

Kurs Flipped Learning metodikasi asosida quriladi: nazariyani qisqa videolarda ko‘rasiz, vaqtingizning asosiy qismini test yechishga sarflaysiz, mentor esa aynan sizning xatolaringiz ustida ishlaydi.

  1. 1

    Qisqa video nazariya

    10–15 daqiqalik darsda mavzu va uning “layfxak”lari.

  2. 2

    Faol test yechish

    Vaqtning 80 foizi amaliyot: har mavzudan 25–30 ta test.

  3. 3

    Mentor bilan xatolar tahlili

    Mentor faqat siz xato qilgan savollar ustida ishlaydi.

2 tahaftada

Individual dars

SAT’dan 1500+ olgan mentor bilan 1 ga 1. Siz xato qilgan eng qiyin savollar yuzma-yuz tahlil qilinadi — xatolar nolga tushguncha.

1 tahaftada

Guruh darsi

Boshqa o‘qituvchilar bilan jonli guruh darsi: yangi mavzular, imtihon strategiyalari va testlarni birgalikda ishlash.

24/7

Ishdan keyin ham qulay

Video darslar, topshiriqlar va 6 ta mock imtihon platformada istalgan vaqtda ochiq — maktabdagi darslaringizdan keyin, o‘zingizga qulay soatda.

Desmos

Tezkorlik sirlari

Digital SAT’ga o‘rnatilgan Desmos kalkulyatori bilan murakkab tenglamalarni soniyalarda yechish usullari — o‘z darslaringizda ham asqotadi.

Abdulaziz Sharopov

Abdulaziz Sharopov

Kurs muallifi, Northwestern University to‘liq grant sohibi

ScholarMax SAT dasturini ishlab chiqqan. Mock imtihonlarning video tahlillari ham ustozning o‘zidan.

Demo darsga yozilish

Oyligingiz qancha oshadi?

Tarif stavkangizni tanlang — 50% ustama oyiga va yiliga qancha qo‘shishini ko‘ring.

Oylik tarif stavkangiz, so‘m

Hisob taxminiy. Ustama tarif stavkasiga nisbatan hisoblanadi va uni ish joyingiz to‘laydi.

Sizning hisobingizSAT Math sertifikati bilan
Hozirgi tarif
5 000 000 so‘m
Oylik ustama (50%)
+2 500 000 so‘m
Ustama bilan oylik
7 500 000
Yiliga qo‘shimcha
+30 000 000

Ko‘p beriladigan savollar

Ustama olish uchun SAT’dan necha ball kerak?

Talab qilinadigan ball ustama beriladigan xalqaro sertifikatlar ro‘yxatida belgilanadi va o‘zgarishi mumkin. Demo darsda amaldagi talabni aytamiz va maqsadli ballingizni belgilaymiz.

Ingliz tilim kuchsiz bo‘lsa-chi?

SAT matematikasida matn qisqa, asosiy qiyinchilik — atamalar. Kurs boshida ingliz tilidagi matematik atamalar va masala shartini o‘qish alohida o‘rgatiladi.

Kurs onlaynmi? Ishimga xalal bermaydimi?

Ha, to‘liq onlayn. Individual dars vaqtini mentor bilan kelishasiz, video darslar va testlar esa platformada 24/7 ochiq.

Qaysi mavzular o‘tiladi?

SAT Math’ning barcha bo‘limlari: algebra, ilg‘or matematika, masala yechish va ma’lumotlar tahlili, geometriya va trigonometriya.

Mock imtihonlar bormi?

Ha. Kursda 6 ta mock imtihon bor, har birining video tahlili bilan.

Ustamani kim to‘laydi?

Ustama ish joyingiz orqali tarif stavkangizga qo‘shib to‘lanadi. Sertifikatni olgach, uni ta’lim muassasangizga topshirasiz.

Ustoz bilan jonli darsga yoziling

Demo dars — mentor bilan 1 soatlik jonli individual mashg‘ulot. Shundan keyin kursni boshlash-boshlamaslikni o‘zingiz hal qilasiz.

  • SAT matematikasi bo‘yicha darajangiz aniqlanadi
  • Ustama uchun kerakli ball va muddat belgilanadi
  • Ish jadvalingizga mos shaxsiy reja tuziladi

Demo darsga ariza

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.